Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi


Joriy yilning 14-oktabr kuni  Urganch davlat universitetida  “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot  tashkil etildi.
Tadbirni  UrDU Yoshlar masalalari va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sanjar Davletov  olib bordi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Matlyubov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi F.Azgarov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi Sh.Jurayev, Viloyat IIB xodimi M.Sherjanov, Respublika ixtisoslashtirilgan narkalogiya ilmiy markazi hududiy filiali vrachi D.Eshchanovlar so’zga chiqib, insoniyat oʼz aqli, mehnati, bilim va iqtidori bilan yangidan yangi choʼqqilarni zabt etayotganligi, ayni paytda dunyoda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid solayotgan xatarlardan biri — giyohvandlik illatining uchrashiga ham insoniyatning oʼzi sababchi boʼlayotgani gʼoyat achinarli hol ekanligini taʼkidladilar. 
Birlashgan millatlar tashkilotining maʼlumotlariga koʼra,  dunyoda 27 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʼliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʼlganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʼz yumadi. Eng achinarlisi, giyohvandlik ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʼlayotganligin ta’kidlab talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashashga, sport bilan doimiy shug‘illanishga chorlab qoldi. Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.
Mazkur muloqotda OAV vakillari ishtirok etdilar.

urdu.uz, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri

urdu.uz, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri

urdu.uz, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi

urdu.uz, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi

urdu.uz, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri

Ulashish