Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan, barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik lavozimi joriy qilindi. 

Mazkur qaror hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 13-sentabrdagi  390-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentabrdagi 412-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universitetida tyutorlikka nomzodlarni birlamchi suhbatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayonda UrDU  Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo’yicha prorektori Sanjar Davletov boshchiligida komissiya a’zolari har bir nomzod bilan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom talabalari asosida suhbat qildilar.

Suhbat jarayonida tyutorlarni oliy ma’lumotli bo‘lishi, 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi, pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmaganligi, namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi kabi malaka talabalariga e’tibor qaratildi.urdu.uz, Urganch davlat universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi

Ulashish