Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayevning “8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan bayram tabrigi


urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayevning “8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  kuni” munoasabati bilan bayram tabrigi

1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yigirma to’qqiz yil ichida  jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo,  Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz albatta bejiz emas. Nega deganda,  asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. 

Hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar va aziz talabalar!

Fursatdan foydalanib,  barchangizni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga uzoq umr, tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik hamda kelgusi ishlaringizga omad va yuksak zafarlar tilab qolaman.

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, f-m.f.d

Ulashish