Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Telegram ijtimoiy tarmogʻining “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash” kanalida eʼlon qilingan “Poytaxda ham, shaharda ham, viloyatda ham, tumanda ham, xullas butun Respublika bo'ylab barcha davlat OTMlarida fakultetga qarab kontrakt miqdorlari bir xil. Lekin nega barchasida sharoit har xil?” sarlavhasi ostidagi postga


urdu.uz, Telegram ijtimoiy tarmogʻining  “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash” kanalida eʼlon qilingan “Poytaxda ham, shaharda ham, viloyatda ham, tumanda ham, xullas butun Respublika bo'ylab barcha davlat OTMlarida fakultetga qarab kontrakt miqdorlari bir xil. Lekin nega barchasida sharoit har xil?” sarlavhasi ostidagi postga

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi "2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi PQ-5157-sonli qaroriga asosan, bugungi kunda respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarining qabul kvotalari keskin oshdi. Shu jumladan,  Urganch davlat universitetida ham  2021/2022 o‘quv yilida qabul  ko‘rsatkich 4,2%ga oshirildi.  Shu munosabat bilan ayrim fakultetlar vaqtinchalik ijara binolarga koʻchirildi.

Xususan, yuqoridagi postda tilga olingan Xorijiy filologiya fakultetida ham talabalar sonining  nisbatan oshganligi barchamizga ma’lum. Bosh binoda oʻquv auditoriyalari yetishmaganligi sababli Urganch qurilish kolleji binosining  o‘quv auditoriyalari vaqtincha ijaraga olinib,  fakultet talabalarining bir qismiga  dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Xorijiy filologiya fakulteti talabalariga ajratilgan auditoriyalar  dars mashg‘ulotlari olib borish uchun barcha talablarga javob beradi.

“Yoshlarni qo'llab-quvvatlash”  telegram kanalining 2021-yil 7-dekabrdagi “Poytaxda ham, shaharda ham, viloyatda ham, tumanda ham, xullas butun Respublika bo'ylab barcha davlat OTMlarida fakultetga qarab kontrakt miqdorlari bir xil. Lekin nega barchasida sharoit har xil?” sarlavhasi ostida berilgan ma’lumotlar aslida rasmda koʻringanidek emas. 
Bu postdagi berilgan suratlar kollejning aslida foydalanilmaydigan  xonalari bo‘lib, fakultet talabalari o‘qiydigan auditoriyalarga hech qanday aloqasi yo‘q.  

Bugungi kunda Urganch davlat universitetida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumot oʻrnida shuni maʼlum qilamizki, oʻquv auditoriyalarining yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida universitetning Urganch shahar Hamid Olimjon ko‘chasida joylashgan hududida 7 ta qavatli 2000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi qurish ishlari boshlandi. Yangi o‘quv binosini qurib foydalanishga topshirish 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan. 
Qolaversa, Urganch shahar Gurlan ko‘chasida zamonaviy talablar asosida Axborot resurs markazi bunyod etilmoqda. Urganch tumani Mustaqillik ko‘chasida 776 o‘rinli o‘quv binosini kapital rekonstruksiya qilish rejasi ishlab chiqildi. Ushbu hududdagi 600 o‘rinli talabalar turar joyini rekonstruksiya qilish hamda Urganch shahar Gurlan ko‘chasidagi Texnika fakulteti o‘quv binosini kapital ta’mirlash va shu hududda 2 ta yangi sport maydoncha qurish rejalashtirilmoqda.

Bularning barchasi universitetni har tomonlama  yuksaltirish, talabalar chuqur bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish