Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urduda “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ochiq muloqot oʻtkazildi


♻️Urganch davlat universitetida  2021-yil  9-dekabr kuni  sana munosabati bilan  “Korrupsiyasiz hayot, kelajak poydevori” mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘sib kelayotgan yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish madaniyatini rivojlantirish, ularning jamiyat hayotiga dahldorligini yanada oshirish  maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda  UrDU prorektori S.Davletov, Xorazm viloyat IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili  R.Kamolov, mazkur boʻlim xodimi Z.Rahimov, UrDU  Bosh yuriskonsulti Sh.Atayev, UrDU Komplayens-nazorat  boʻlimi boshligʻi X.Shihova hamda “Faol yoshlar” klubi aʼzolari  ishtirok etdilar. 

✔️Tadbirni Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor S.Davletov kirish so‘zi bilan boshlab, bugungi kunda Urganch davlat universitetida "korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, bu borada Komplayens-nazorat  tizimining joriy etilganligi, shuningdek, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar  haqida maʼlumot berdi.

✔️Shundan soʻng, IIB xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan jarayonlar, korrupsion jinoyatlarning fosh etilishi bilan bogʻliq vaziyatlar haqida atroflicha maʼlumot berdilar.  UrDU Bosh yuriskonsulti Sh.Atayev  soʻzga chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tajribasi, har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning faolligi, jamiyatdagi o‘rnini oshirish, har qanday ishda mas’uliyat bilan yondashgan holda salbiy illatlarga qat’iy kurashish lozimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

✔️Uchrashuv davomida korrupsion holatlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
Ochiq muloqotda talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan koʻplab savollariga mutaxassislar hamda universitet vakillaridan  batafsil javoblar oldilar.
Tadbir yakunida,  Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandilar.

urdu.uz, Urduda  “9-dekabr  - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”  munosabati bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

urdu.uz, Urduda  “9-dekabr  - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”  munosabati bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

urdu.uz, Urduda  “9-dekabr  - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”  munosabati bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ulashish