Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi islohotlar: natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi


2021-yil 10-dekabr kuni Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi  islohotlar: natijalar va istiqboldagi  ustuvor vazifalar”   mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i  Farrux Dalimov, UrDU  Yoshlar masalalari, ma’naviy- ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori Sanjarbek Davletov, UrDU  Iqtisodiyot fakulteti professori, iqtisod fanlari doktori Baxtiyor Ro‘zmetov, UrDU Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha Alisher Atajanov va  universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Farrux Dalimov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, o‘z ma’ruzasida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda  maʼruzachilar, jumladan, UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori S.Davletov  - “Yangi O‘zbekiston: Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida, Iqtisodiyot fakulteti professori B.Ro‘zmetov  Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va viloyatining  2022–2026 -yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan vazifalar mohiyati, UrDU Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori A. Atajanov 2022-yilda universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan Xorazm viloyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yaqin besh yillikda ko‘zda tutilgan loyihalarni mamnuniyat bilan qabul qilishganini, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, unda faol ishtiroklari bilan qo‘llab-quvvatlashlarini bayon etishdi.

urdu.uz;Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi  islohotlar: natijalar va istiqboldagi  ustuvor vazifalar”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi  islohotlar: natijalar va istiqboldagi  ustuvor vazifalar”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi  islohotlar: natijalar va istiqboldagi  ustuvor vazifalar”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Ulashish