Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy guruhining navbatdagi uchrashuvi Urganch davlat universitetida boʻldi.


2021-yil 20-dekabr kuni O‘zbekistondagi  Erasmus+ Milliy guruhining ekspertlaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Delegatsiya aʼzolari: O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining koordinatori A.Abdurahmanova, Toshkent axborot texnologiylar universiteti professori M.Rahmatullayev, Toshkent shahridagi Yodju texnika institute vakili J.Xudayberganov, Namangan davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i P.Lutfullayev, Qarshi davlat universiteti vakili  N.Farmonov, Xalqaro Islom akademiyasi vakili O.Astanaqulov, Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute vakili G.Karimova, Qoraqalpaq davlat universiteti vakili B.Pavlanov hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi eksperti Q.Bahodirov.

Mehmonlarni UrDU rektori B.Abdullayev va Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyevlar chuqur mamnuniyat ila kutib oldilar. 

Shundan soʻng, ikki kunlik seminar ishining ilk kunida Erasmus+ Milliy guruhining ekspertlari,  Xorazm viloyatidagi OTMlarning masʼul xodimlari hamda UrDU rahbariyati va Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari ishtirokida seminarlar oʻz ishini boshladi. Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev va Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining koordinatori A.Abdurahmanovalar ochib berdilar.

Oliy ta’lim tizimi bo’yicha milliy ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan respublikadagi universitetlarning  xalqaro  reytingini  oshirishga yordam berish, kadrlarni tayyorlash va oliy ta'limning innovatsion rivojlanish borasidagi ma’lumotlarni yetkazish, shuningdek, Erasmus+ dasturining imkoniyatlari  bilan yaqindan tanishtirishtirish maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbirda mehmonlar tomonidan taqdimotlar orqali maʼlumotlar berildi.

Erasmus+ dasturining oliy ta'lim tizimidagi intensiv o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash va 2030-yilgacha oliy ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi vazifalarini amalga oshirishdagi faoliyati, oliy ta'lim milliy ekspertlar guruhining salohiyati hamda "Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari" jurnallarini taqdim etish, shuningdek, 2021-yil yakuni sarhisobi va 2022-yilga mo'ljallangan rejalar haqida ham ekspertlar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.

Mazkur uchrashuv tafsilotlari OAV tomonidan tasvirga olindi. 
Seminar oʻz ishini ertaga, 21-dekabr sanasida TATU Urganch filialida davom ettiradi.

urdu.uz;O‘ZBEKISTONDAGI  ERASMUS+  MILLIY  GURUHINING  NAVBATDAGI  UCHRASHUVI  URGANCH  DAVLAT UNIVERSITETIDA  BOʻLDI.

urdu.uz;O‘ZBEKISTONDAGI  ERASMUS+  MILLIY  GURUHINING  NAVBATDAGI  UCHRASHUVI  URGANCH  DAVLAT UNIVERSITETIDA  BOʻLDI.

urdu.uz;O‘ZBEKISTONDAGI  ERASMUS+  MILLIY  GURUHINING  NAVBATDAGI  UCHRASHUVI  URGANCH  DAVLAT UNIVERSITETIDA  BOʻLDI.

Ulashish