Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi


2022-yil  2-fevral  sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun  doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi  bo'lib o'tdi. Unda  Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Xotin-qizlar maslahat kengashi, psixologlar,  barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda universitet tyutorlari  ishtirok etdilar.

Seminar ishini anʼanaga muvofiq, UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjarbek Davletov   Urganch davlat universitetining odob-axloq kodeksi, Ichki mehnat tartibi qoidalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi bilan boshlab berdi.  Shuningdek,  tyutorlarning oʻtgan 3 oylik faoliyati  davomida  amalga oshirgan  ishlari  monitoringini  muhokama qilib, qoʻshimcha topshiriq va vazifalar berdi.   Yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi  ishtirokini yanada  kuchaytirish borasida tavsiyalar berdi.

✔️Seminar ishida Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti  Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari U.Doʻschanovning  “Dekan oʻrinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi”,  universitet Tyutorlar kengashi raisi  R.Matjanovning “Tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va masʼuliyati”,   universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi  Sh.Nurullayevaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan asrash” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, seminar ishida psixologlar ham ishtirok etdi.  Xususan, “Pedagogika va psixologiya”  kafedrasi mudiri B.Nurullayeva tyutorlarning bugungi kundagi ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, talabalar bilan samimiy, do'stona munosabatga kirishish va ulardagi mavjud muammolarni tez anglab bartaraf qilish bo'yicha  psixologik tavsiyalar berdi.

Oʻquv-seminar davomida tyutorlar  oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga  savollar bilan murojaat qilib,  zarur javoblarni oldilar.  Bu kabi seminar-treninglar  soha mutaxassislari uchun kasbiy malaka va mahoratlarini oshirishda keng imkoniyatlar yaratishiga aminmiz.

urdu.uz, Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi

urdu.uz, Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi

urdu.uz, Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Ulashish