Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Telegram ijtimoiy tarmogʻining “Kompromatuz” kanalida eʼlon qilingan “Kuzatuvchimizdan Oliy ta’lim vaziri e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan murojaat!” sarlavhasi ostidagi postga RASMIY MUNOSABAT


urdu.uz; munosabat

Telegram ijtimoiy tarmogʻining  “Kompromatuz” kanalida eʼlon qilingan “Kuzatuvchimizdan Oliy ta’lim vaziri e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan murojaat!” sarlavhasi ostidagi postga
RASMIY MUNOSABAT

2022-yil 4-fevral sanasida telegram ijtimoiy tarmogʻining  “Kompromatuz” kanalida “Kuzatuvchimizdan Oliy ta’lim vaziri e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan murojaat!” sarlavhasi ostida Urganch davlat universitetiga qaratilgan post eʼlon qilindi.
Mazkur murojaatga javob sifatida Urganch davlat universiteti maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi:

Urganch davlat universitetida taʼlim jarayonlarini sifatli tashkil etish, talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida moddiy-texnik bazani mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Umumiy kontingent keskin oshganligi sababli bu borada Urganch davlat universiteti reja asosida bosqichma-bosqich qurilish-rekonstruksiya ishlarini  amalga oshirmoqda.  Jumladan,

1. Texnika fakulteti binosini mukammal ta’mirlash ishlari uchun tender.mc.uz maxsus axborot portalida e’lon joylashtirilib, 2021-yil  6-noyabrdagi 5476-sonli bayoni bilan "Sayot qurilish" MChJ  11 mlrd. 841 mln. so‘m narx taklifi bilan  g‘olib deb topildi.  Hozirgi kunda Texnika fakulteti binosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

2. Kimyo-texnologiya fakulteti binosini rekonstruksiya ishlari uchun tender.mc.uz maxsus axborot portalida e’lon joylashtirilib, 2021-yil  12-iyundagi 1824-sonli bayoni bilan "Xorazm invest xolding" MChJ  7 mlrd. 617 mln. so‘m narx taklifi bilan  g‘olib deb topildi.  Hozirgi kunda Kimyo-texnologiya fakulteti binosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan fakultetlar talabalari uchun vaqtinchalik Urganch shahrida joylashgan binolar ijaraga olinib, dars jarayonlari tashkil etilmoqda.

3. Filologiya fakulteti binosi esa kapital taʼmirlashdan chiqqan boʻlib, yangi mebellar bilan jihozlangan.

4. Shuningdek,  2000 o‘rinli  "Smart" o‘quv binosi qurish uchun  tender.mc.uz maxsus axborot portalida e’lon joylashtirilib, 2021-yil  24-noyabrdagi 5912-sonli bayonga asosan "Shovot temir beton" xususiy korxonasi 46 mlrd. 15 mln. 410 ming so‘m narx taklifi bilan  g‘olib deb topildi.  Hozirgi kunda yangi o‘quv binosini qurish ishlari davom etmoqda.

5. 2020-yilda 1 mlrd. 583 mln so‘mlik  hamda  2021-yil davomida 5 mlrd. 17 mln so‘mlik mebel jihozlari sotib olinib, foydalanishga topshirildi.

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish