Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi


Bugungi kunda butun jahon miqyosida  korrupsiyaga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va masʼuliyatlilik talab etiladi.
Bugun, 2022-yil 10-fevral sanasida UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat"tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi H.Shihova Fizika-matematika fakultetining 2-kurs Fizika yoʻnalishi talabalari  bilan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida bilan suhbat oʻtkazdi.  
Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan ekanligi haqida ma’lumot berildi.  Uchrashuv so‘nggida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

urdu.uz, "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz, "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz, "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

 

 

Ulashish