Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Inson qadri ulug', xotirasi boqiy...


Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida o'zidan yuksak nom qoldirib, shogirdlari qalbida hali ham barhayot yashayotgan buyuk musiqashunos, yuksak isteʼdod sohibi, ustoz pedagog,  tashabbuskor inson, Xorazm sanʼatida oʻziga xos maktab yarata olgan shaxs Ibodulla Quranboyev tavalludiga bagʻishlangan xotira kechasi tashkil etildi. 

Ibodulla Quranboyev 1993-yili Urganch davlat universitetida Musiqa bo‘limi ochilishiga katta hissa qoʻshib,  umrining soʻnggiga qadar (1998) Pedagogika fakultetining  “Musiqa” kafedrasi mudiri lavozimda faoliyat yuritgan tashabbuskor, fidoyi inson sifatida jamoadoshlari qalbidan chuqur joy egallagan. 

Xotira kechasida Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchilari va talabalari, ustozning oila a'zolari, do'stlari va shogirdlari, safdoshlari,  Xorazm sanʼat olamining taniqli ijodkorlari ishtirok etib, soʻzga chiqqanlar tomonidan ustozning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealar xotirlandi. Shuningdek, Ibodulla Quranboyevni hayoti, ijodi va ish faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etildi. 
Xotira kechasi davomida Xorazm viloyati Filormoniya ansambli jamoasi xizmatda boʻldi. 

urdu.uz, Inson qadri ulug', xotirasi boqiy...

urdu.uz, Inson qadri ulug', xotirasi boqiy...

urdu.uz, Inson qadri ulug', xotirasi boqiy...

Ulashish