Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish" mavzusida ochiq muloqot bo'lib oʻtdi


2022-yil 25-fevral kuni Xorijiy filologiya fakulteti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  hamkorligida "Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish" mavzusida ochiq muloqot  boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahar boʻlimi IIO FMB XPB XKMB boʻyicha katta inspektori Sh.Botirova, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari S.Matkarimov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Abidova va fakultet tyutorlari qatnashdilar. 
Ochiq muloqotda soʻzga chiqqanlar “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qonunga toʻxtalib, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, tazyiqlar va zoʻravonlikning oldini olish, muhofaza orderi kabi tushunchalarga aniqlik kiritdilar va ularning mazmun-mohiyatini ochib berildi. Ayniqsa, hozirgi kunda talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va uning oqibatlari, odob-axloq normalariga rioya qilinmayotganligi natijasida turli salbiy holatlar roʻy berayotganligi taʼkidlandi. Uchrashuv qizgʻin savol-javob shaklida oʻtib, talabalar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

urdu.uz, "Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish" mavzusida ochiq muloqot  bo'lib oʻtdi

urdu.uz, "Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish" mavzusida ochiq muloqot  bo'lib oʻtdi

urdu.uz, "Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish" mavzusida ochiq muloqot  bo'lib oʻtdi

Ulashish