Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida yangi qurilayotgan oʻquv binosining gʻisht qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi


Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Vazir tashrif chogʻida UrDU rektori  Baxrom Abullayev boshchiligida universitet rahbar xodimlari hamda bir guruh professor-oʻqituvchilar  hamrohligida 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli “Smart” o‘quv binosi qurilishi ishlarini borib koʻrdi, quruvchilar bilan suhbatda boʻldi, bino loyihasi bilan yaqindan tanishdi va gʻisht qoʻyish marosimida ishtirok etdi.   
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘quv binosidan 51 ta o‘quv auditoriya, fizika va biologiya yo‘nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya, 8 ta 100 o‘rinli ma’ruza zallari, 7 ta kompyuter xonasi, kutubxonalar, dekanat, kafedra mudiri va o‘qituvchilar xonalari o‘rin oladi.
Binoning yerto‘la qismida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli klub va to‘garaklar hamda ta’lim xizmatlari tashkil etiladi.
O‘quv binosini joriy yil yakunida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

urdu.uz, URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI QURILAYOTGAN OʻQUV BINOSINING GʻISHT QOʻYISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz, URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI QURILAYOTGAN OʻQUV BINOSINING GʻISHT QOʻYISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz, URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI QURILAYOTGAN OʻQUV BINOSINING GʻISHT QOʻYISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

 

 

Ulashish