Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Assalom, Navroʻz!


Har bir bayramning o‘z tarovati bor. Navro‘z bayrami  o‘zining laparlari, kuy-qo‘shiqlari, hazil-huzullari, oʻzbekona milliy taomlari bilan betakror aslida…

Bugun Navroʻzi ayyom munosabati bilan Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ham bayram yuqori kayfiyatda oʻtkazildi. 

Unda universitet talaba-yoshlari hamda professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Davletov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, universitet talabalari o‘rtasida  o‘tkazilgan Navro‘z bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan insholar tanlovi gʻoliblarini diplom va estalik sovgʻalari bilan  taqdirladi.

Bayram tadbirida universitetning bir guruh iqtidorli, talantli talaba-yoshlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. 
Sahnada mahorat bilan ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar-u raqslar,  sahna koʻrinishlari milliyligimizni, xalqimizning qadimiy urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etdi. Tadbir ishtirokchilari diliga  esa bayramona kayfiyat, joʻshqinlik ulashdi. 

Universitetimizda bayram tadbirlari davom etadi...

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

urdu.uz, Assalom, Navroʻz!

Ulashish