Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xotira kechasi: "Umrboqiy inson siymosi"


O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi, «Shavkatli mehnati uchun» medali va «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni sohibi, Urganch davlat universiteti professori, geografiya fanini rivojlantirish yo‘lida ulkan hissa qoʻshgan serqirra olim Rustam Qurbonniyozov hayot boʻlganlarida 63 yoshni qarshilar edilar…

Bugun UrDU Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh professor-oʻqituvchilari, marhum ustoz Rustam Qurbonniyozovning shogird-u izdoshlari olimni xotiraladilar. Xususan, tadbirda “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi mudiri dots. A.Abdullayev, dots. S.Matsaidova, katta o‘qituvchi  R.Ismoilov hamda Geografiya, Kadastr yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdilar. 

Xotira kechasida soʻzga chiqqanlar tomonidan ustozning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealar xotirlandi. Shuningdek, talabalarga Rustam Qurbonniyozovni hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari va ish faoliyatiga oid maʼlumotlar berildi. 

Tadbir talabalar o‘rtasida geografik bilimlar bellashuviga ulanib ketdi.  Bunda barcha talabalar faol qatnashib, oʻz bilimlarini namoyish etdilar.  
Bellashuv g‘oliblari faxriy yorliq, esdalik sovg‘alar hamda kafedra o‘qituvchilari tomonidan chop qilingan kitoblar bilan taqdirlandi.

urdu.uz;XOTIRA KECHASI: "UMRBOQIY INSON SIYMOSI"

urdu.uz;XOTIRA KECHASI: "UMRBOQIY INSON SIYMOSI"

urdu.uz;XOTIRA KECHASI: "UMRBOQIY INSON SIYMOSI"

Ulashish