Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi


Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, isteʼdodli meʼmor Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan bugun, 8-aprel sanasida Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida  ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Unda tarixchi olimlar, partiya vakillari, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, oʻz soʻzida ko‘p ming yillik boy tariximizda vatanparvarlik, adolatlilik, insonparvarlik kabi umuminsoniy fazilatlarni oʻzida mujassam etgan Amir Temurning beqiyos oʻrni, uning avvalo, mohir sarkarda va  yurtboshi sifatidagi faoliyati yuzasidan maʼlumotlar keltirdi.

Shundan soʻng, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi raisi  oʻrinbosari Sh.Tangriberganova maʼruza qildi.

 Ilmiy-amaliy anjumanda  UrDU “Tarix” kafedrasi mudiri t.f.d., dots.  Oʻ.Abdullayevning “Amir Temur diplomatiyasi”, “Tarix” kafedrasi professori Q.Sobirovning “Amir Temur hozirgi zamon tasvirida”, “Tarix” kafedrasi dotsenti t.f.d., Q.Masharipovning “Amir Temur davrida Xorazmning Buyuk ipak yoʻli savdosidagi oʻrni”  hamda  “Tarix” kafedrasi dotsenti, t.f.d., S.Matkarimovaning “Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi” mavzularidagi  maʼruzalari tinglandi.

 Tadbirning ikkinchi qismida Tarix fakulteti talabalari tomonidan Amir Temurning hayoti va faoliyatiga oid sahna koʻrinishi namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan talabalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

urdu.uz, Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

urdu.uz, Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

urdu.uz, Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

Ulashish