Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Maktab oʻquvchilari oʻrtasida kimyo va biologiya fanlaridan olimpiada oʻtkazilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil l2-avgustdagi "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4805-son qarori ijrosini, shuningdek, iqtidorli yoshlami qoʻllab-quvvatlash va oliy ta'limga saralab olish hamda umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o'rtasida ko'p bosqichli olimpiadalarni tashkil etish, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus  talim vazirining 383-sonli buyrugi asosida Xorazm viloyati Xalq taʼlim  boshqarmasiga qarashli umumiy orta talim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari ortasida kimyo va biologiya fanlari boyicha 1-tur tuman (shahar) bosqichlari g‘oliblari o‘rtasidagi olimpiadaning 2022-yil 9-aprel kuni Urganch shaharidagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2-tur viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.  Ushbu bosqich UrDU Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari boshchiligida oʻtkazilmoqda.

 Viloyat bosqichida jami 13 ta tuman va shaharlardan kimyo hamda biologiya fanlari bo‘yicha 1-, 2- va 3- o‘rinlarni egallagan 39 tadan maktab bitiruvchilari qatnashmoqdalar.

Olimpiadaning viloyat bosqichi ham 2 turdan iborat bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini kimyo va biologiya fanlaridan masala yechish va amaliy topshiriqlarni bajarish bo‘yicha bellashadilar.

Hakamlar hayʼati azolari har bir fandan ikkala tur boyicha eng yuqori ball toplagan 10 ta oquvchilarni tanlab olishadi.

Ushbu o‘quvchilar navbatdagi universitet bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishadilar.

Mazkur olimpiadada qatnashayotgan barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

urdu.uz, Maktab oʻquvchilari oʻrtasida kimyo va biologiya fanlaridan olimpiada oʻtkazilmoqda

urdu.uz, Maktab oʻquvchilari oʻrtasida kimyo va biologiya fanlaridan olimpiada oʻtkazilmoqda

urdu.uz, Maktab oʻquvchilari oʻrtasida kimyo va biologiya fanlaridan olimpiada oʻtkazilmoqda

Ulashish