Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

«Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminar oʻz ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkilotchiligida joriy yil 14-15 aprel sanalariga moʻljallangan  «Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminari  oʻz ishini boshladi.

Mazkur o‘quv-seminarga Urganch davlat universiteti mezbonlik qilmoqda va unda oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etmoqdalar. 

Seminar ishini UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, mazkur tashrifdan oʻz mamnuniyatini izhor etib, seminar ishiga rivoj tiladi.  

Konferensiya ochilishida Xorazm viloyat hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi G.Qurbonboyeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi  O.Jamoldinovalar soʻzga chiqib, mazkur o‘quv-seminarni tashkil etishning mohiyati, yurtimizda xotin-qizlarning rolini oshirishga qaratilayotgan yuqori eʼtiborga munosib javob qaytargan holda bu kabi oʻzaro tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratadigan  uchrashuvlarning ahamiyatini atroflicha bayon etdilar.
Shundan soʻng, seminar ishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.

Seminar ishining kun tartibidan O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni  amalga oshirishda oliy ta’lim tizimi oldida turgan  dolzarb vazifalar, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligi, oila-turmush doirasida jinoyatlarning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar kabi qator dolzarb masalalar oʻrin olgan. 

urdu.uz, «Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminar oʻz ishini boshladi

Ulashish