Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi Odina Jamoldinova UrDU Filologiya fakultetida bo'ldi


Xabaringiz bor,  joriy yil 14-15 aprel kunlari Urganch davlat universiteti xotin - qizlarning ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish bo'yicha respublika o'quv-seminariga mezbonlik qildi. Unda respublikaning 150 dan ortiq OTM Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari qatnashdilar.

Mazkur  o'quv-seminar  tashkilotchisi va moderatori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi  Odina Jamoldinova  tashrif  doirasida Filologiya fakultetida boʻlib,  to'g'ridan-to'g'ri dars jarayonlarini kuzatish bilan bir qatorda, talabalar bilan suhbatda bo'ldi.

Suhbat jarayonida tilimizga bo'lgan e'tibor, zamonaviy tilshunoslik muammolari, o'zbek tilining milliy korpusini yaratish, "korpus" tushunchasi, "Milliy til korpusi" borasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar, mazkur muammo yuzasidan qanday tadqiqotlar olib borish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Talabalar tomonidan tahliliy dalillar asosida bildirilayotgan fikrlardan mamnunligini ta'kidlab, o'z takliflarini ham berib o'tdi.

Shundan soʻng, "Fakultet tarixi muzeyi"ni kuzatdi. Fakultet dekani, f.f.d. D.G'ayipov, "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov, "O'zbek tili va adabiyoti"  kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimovalar tomonidan fakultetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, o'tkàzilayotgan respublika ilmiy-amaliy anjuman haqida ma'lumotlar berib o'tildi va anjuman materiallari to'plamlari esdalik sifatida topshirildi.

Fakultetga tashrif yakunida esdaliklar kitobiga o'z tilak va  istaklarini yozib qoldirdi.

urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi  Odina Jamoldinova UrDU Filologiya fakultetida bo'ldi

urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi  Odina Jamoldinova UrDU Filologiya fakultetida bo'ldi

urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi  Odina Jamoldinova UrDU Filologiya fakultetida bo'ldi

Ulashish