2022-yil 14-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi Odina Jamoldinova respublika o'quv-seminariga tashrifi doirasida Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi faoliyati bilan ham qiziqdi.
Xususan, ushbu kafedraning professor-oʻqituvchilari bilan uchrashib, bugungi kunda tarjimachilik borasida qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.
Oʻzbek adabiyoti durdonalarini xorijiy tillarga, shuningdek, jahon adabiyoti namunalarini esa oʻzbek tiliga tarjima qilish, shuningdek, ingliz va nemis tillariga tarjima qilingan asarlar koʻrgazmasini oʻtkazish borasida oʻz tavsiyalarini berdi. Bu borada jamoaning badiiy adabiyotlar tarjimasi bilan shugʻullanishdek masʼuliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.


