Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi


Bugun Urganch davlat universiteti, Xorazm Ma'mun akademiyasi, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi bilan hamkorlikda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarorida keltirilgan vazifalar yuzasidan hamda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludi munosabati bilan “Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda Urganch Davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari, Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi  va Zoom dasturi orqali  respublika OTMlaridan vakillar ishtirok etdilar.

Anjuman ishini Urganch davlat universiteti, f-m.f.d. rektori Baxrom Abdullayev hamda Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi, professor Ikram Abdullayevlar kirish so'zi bilan ochib berib, bu seminar ishi talabalarni, yosh tadqiqotchilarni ilmiy yo'nalishda tarbiyalashda va olim sifatida shakllantirishdagi amaliy ahamiyati xususida alohida to'xtaldilar.

Seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vise-prezidenti, t.f.d., professor B.Abduhalimov, Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va “Beruniy avlodlari” jamoat fondi rahbari K Shoniyozovlarning tabrik soʻzlari tinglandi.  

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga bel bog'lagan. Yangi O'zbekistonda buyuk allomalarimizning bebaho merosini chuqur o'rganish va uni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari ustuvor masalalardan biriga aylangan. Chunki, raqobatbardosh kadrlarga ehtiyoj tobora kuchayib borayotgan hozirgi zamonda ilm fanning o'rni beqiyosdir.

Anjuman ishida alloma merosini o’rganish, bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqotlarga bag’ishlangan ilmiy ma’ruzalar, jumladan, Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., prof. S.Davletovning “Abu Rayhon Beruniy – buyuk serqirra olim”, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi f. f.d., prof. B.Turayevning “Abu Rayhon Beruniy falsafasida sinergetik tafakkur elementlari”, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi huzuridagi Beruniyshunoslik ilmiy markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi f.f.d., prof. B.Karimovning  “Abu Rayhon Beruniyning jahon tamadduni rivojiga kiritgan buyuk hissasi”, UrDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi” mudiri, f.f.d., prof. M.Xajiyevaning  “Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan va ijtimoiy hayot to‘g‘risidagi g‘oyalari”, UrDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi” dosenti, f.f.d. Sh.Samanovaning  “Abu Rayhon Beruniyning tabiat haqidagi falsafiy qarashlari” kabi respublikamizdagi qator olimlarning maʼruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniy merosi va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi

 

Ulashish