Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi


Joriy yil 26-dekabr sanasidan boshlab Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari boshlandi.   Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov va rektor maslahatchisi R.Sharipov hamrohligidagi ilk uchrashuv Pedagogika fakulteti jamoasi bilan boʻlib  oʻtdi.

▪️Uchrashuvda oʻtib borayotgan 2022-yil fakultet misolida sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun rejalar belgilab olindi. Xususan, fakultet ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni tahlil qilindi, kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan  darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya va ilmiy maqolalar  muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirishda faollikka chaqirildi. 

▪️Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlimga katta eʻtibor qaratilganligi haqida ham atroflicha toʻxtalib,  bu oʻz navbatida pedagoglar jamoasi zimmasiga katta masʼuliyat yuklashi eʼtirof etildi.  Taʼlimni yanada sifatli tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

 Uchrashuv yakunida fakultet jamoasi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Maʼlumot oʼrnida:  Hozirda Pedagogika fakultetida 6 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 157 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati 19 %ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 3 nafar fan doktori (DSc) va 15 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

Ulashish