Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Ayni kunlarda UrDU rektori B.Abdullayev fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Uchrashuvlardan maqsad oʻtib borayotgan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarni har bir fakultet misolida sarhisob qilish hamda yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni muhokama qilib, tegishli koʻrsatmalar beishdan iborat.

Bugun, 29-dekabr kuni ana shunday uchrashuvlardan biri Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan tashkil etildi. 

Uchrashuv avvalida rektor jamoani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizgʻin tabrikladi. Fakultetning oʻziga xos yutuqlarini qayd etib, o'tib borayotgan yil davomida faol mehnat qilgan pedagoglarni e'tirof etdi.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarni tahlil qilib, xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus bazasiga mansub nufuzli jurnallarda maqolalar chop qilishni yanada oshirish boʻyicha, shuningdek, taʼlimni sifatli tashkil etish, pedagoglarni chet tili bilish koʻnikmasini oshirish borasida tegishli topshiriqlar berildi. 

Uchrashuv yakunida  2022-yil davomidagi samarali mehnati, o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi fidoyiligi uchun fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilariga Faxriy yorliqlar topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi  fakultetida 3 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 37 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati  43 % ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 1 nafar fan doktori (DSc) va 3 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.

urdu.uz, Rektor Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

urdu.uz, Rektor Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

Ulashish