Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi


2023-yil 24-fevral kuni Urganch davlat universiteti, Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari, ilmiy xodimlari, universitet rahbariyati, Tarix fakulteti fakulteti professor-o‘qituvchilari, barcha fakultetlar talaba-yoshlari hamda Zoom platformasi orqali bir guruh taniqli olimlar ishtirok etdilar.

Anjumanni UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t. f.d., prof. S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, moderatorlik qildi.

Konferensiyada soʼzga chiqqanlar, jumladan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, taniqli adib Q.Muhammadrizo “Abu Rayhon Beruniy” nomli trilogiyasi yuzasidan ilmiy-badiiy qarashlari bilan, UrDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi mudiri, prof. M.Xajiyeva “Yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda Abu Rayhon Beruniyning ma‘naviy merosini o‘rni va roli”, “Tarix” kafedrasi professori Q.Sobirov “Abu Rayhon Beruniy davri ilmiy qarashlarining tarixiy negizlari”, Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, t.f.n. dots. Y.Rahmonova “Abu Rayhon Beruniyning hayoti va jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi”, UrDU “Fizika” kafedrasi o‘qituvchisi O.Avezmurotov “Abu Rayhon Beruniy asarlarida olam tuzilishining geliotsentrik  qarashlari” mavzularida maʼruza qildilar.

Shuningdek, Zoom dasturi orqali Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi, f. f.d., prof. B.Toʼrayevning “Abu Rayhon Beruniy falsafasida sinergetik tafakkur elementlari”, Xorazm Maʼmun akademiyasi kichik ilmiy xodimi Sh.Matyoqubov “Maʼmuniylar davrida Maʼmun akademiyasining tashkil topishi va unda Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati”, Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy kotibi D.Ro‘zmetov “Abu Rayhon Beruniy geografiyasi”  mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.

Ilmiy anjuman yalpi yig‘ilishining muhokamalaridan so‘ng, o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi

urdu.uz, “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Ulashish