Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!


Yangilanayotgan Konstitutsiya Oʻzbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat boʻlib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.

Joriy yil 28-mart kuni Urganch davlat universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida navbatdagi targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ahmedova, O‘zMTDP viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A.Ibragimov, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi raisi T.Jumaniyozov hamda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov boshchiligida universitet professor-oʻqituvchilari va barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda bosh qomusimizning yangi tahriri, unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mohiyati xususida batafsil tushunchalar berilar ekan, so‘nggi olti yilda erishilgan yutuqlar, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, inson huquqlari, ijtimoiy himoya va boshqa ijobiy harakatlarni misollar bilan izohlab, islohotlar ko‘lami e’tirof etildi.

Referendum o‘tkazish tartibi, unda fuqarolarning ishtiroki, ushbu yangilanayotgan Konstitutsiya avvalo, xalqniki ekanligi, unda inson qadri, shaʼni, huquqlarini kafolatlash birinchi masala qatoriga ko‘tarilganligi qayd etildi. Taqdimotlar asosida tushuntirishlar berildi.

Tadbir soʻnggida talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javoblar berildi.

urdu.uz, Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

urdu.uz, Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

urdu.uz, Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

urdu.uz, Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

urdu.uz, Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

 

Ulashish