Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Xorazm vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tizimida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda


Ayni paytda Urganch davlat universitetida “Xorazm vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tizimida” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda. Unda nafaqat mamlakatimizning tarixshunos olimlari balki, xorijning nufuzli hamkor universitetlari, xususan, Rossiyaning Oltoy davlat universiteti, Astraxan universiteti, Omsk davlat pedagogika universiteti, Ispaniyaning Barselona universietidan ham professorlar, fan nomzodlari, shuningdek, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. 

UrDU Birinchi prorektori S.Davletov moderatorligida oʻtayotgan anjumanni universitet rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, mehmonlar tashrifidan mamnuniyatini bildirdi, konferensiya ishiga rivoj tiladi : “Bugungi anjumanimiz hamkorligimizni yanada mustahkamlab, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning do‘stona munosabatlariga yanada ulkan marralar belgilaydi, deya ishonamiz”.

Darhaqiqat, uch ming yillik tarixga ega yurtimiz – Xorazm, o‘zining davlatchilik, madaniy, ilmiy sohalardagi yutuqlari bilan nafaqat mintaqaning, balki insoniyatning taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qo‘shgan o‘lkadir. O‘tgan davr mobaynida vohamiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz taqdiri to‘g‘risida ko‘plab ilmiy ishlar amalga oshirildi. Mazkur anjumanda muhokama qilinayotgan mavzular ham aynan koʻhna Xorazm vohasining buyuk tarixiga bagʻishlanmoqda.

Anjumanning yalpi yig‘ilishdagi ilk ma’ruzalarni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori N.Jo‘rayev  “Tarix - inson mohiyatining intiqosi”  mavzusida, Rossiyaning Oltoy davlat universiteti professori Yu. Goncharov  “XVIII-XIX asrlarda Sibir va Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi savdo aloqalari” mavzularidagi chiqishlari bilan boshlab berishdi.

Xalqaro ilmiy amaliy-konferensiyaning yalpi yigʻilishlari davomida IIB Malaka oshirish instituti bo'lim boshlig'i F.Xatamov“Tarixan shakllangan inson huquqlari madaniyati “Uchinchi renessans” asosi  sifatida" UrDU professori, t.f.d. S.Davletov “Xorazm tarixida XX asr boshlaridagi madaniy jarayonlarning ba’zi masalalari”,  QDU professori B.Koshanov “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi va Orol dengizining janubidagi qabilalar” Rossiyaning Astraxan davlat universiteti dotsenti, t.f.d., V.O.Kulakov  “XVII-XIX asrlarda Astraxan-Xiva munosabatlari”, Rossiya Omsk davlat pedagogika universiteti professori M.K.Churkin “XVIII-XIX asrlarda rus sayohatchilarining kundaliklarida Markaziy Osiyo haqidagi hikoyalar” hamda UrDU “Tarix” kafedrasi dotsenti, t.f.n. S.Navroʻzovlarning maʼruzalari tinglandi. 

Olimlar va yosh tadqiqotchilarning oʼzaro fikr almashinuvlari, mavzular yuzasidan muhokamalardan soʻng anjumanning yalpi yig‘ilishi nihoyasiga yetdi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya oʻz ishini shoʻba yigʻilishlarida davom ettiradi. 

Ulashish