Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida 2023-2024 oʻquv yilida yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga kirish uchun abituriyentlarni onlayn roʼyhatga olish ishlari boshlab yuborildi. 
Xoʻsh, 2023-2024 oʻquv yili qabulida Urganch davlat universitetida qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda? 
Abituriyentlar uchun qanday imtiyozlar mavjud? 
Yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar qaysilar? 
Ijodiy imtixonlar qachon boshlanadi? 
Oliy taʼlim olish istagidagi yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan shu kabi yoʻllanayotgan murojaatlarga toʻla javob berish hamda keng jamoatchilikni Urganch davlat universitetida 2023-2024 oʻquv yili qabuli jarayonlarini tashkil etilishi, oʻzgarish va yangiliklar haqida boxabar qilish maqsadida  joriy yil 21-iyun “Oliy taʼlim muassasasida 2023-2024 oʻquv yilida yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. 
Unda Xorazm MTRK jurnalistlari, viloyatimizning bir guruh ilgʼor blogerlari: “Huquq va isteʼmolchi” gazetasi hamda “Hurriyat.uz” internet nashri muharriri Q.Eshchanov, “Xorazmbugun” internet nashri bosh muharriri K.Karimov, “Xorazmliklar” internet nashri bosh muharriri F.Karimov, Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakultetlari talaba-yoshlari, tyutorlar ishtirok etishdi. 
Matbuot anjumanida UrDU rektori B.Abdullayev, Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani, Qabul komissiyasi mas'ul kotibi J.Ruzimov, Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar oliy ta’limda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar jumladan, yangi oʻquv yildagi qabul kvotalari, yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar, oʻqishni koʻchirish tartibi, ijodiy imtixonlarning tashkil etilishi kabi bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan batafsil maʼlumot berdilar.
Urganch davlat universitetida 2023-2024 o‘quv yili qabuli uchun Qabul komissiyasi tarkibi shakllantirildi. Universitetning Iqtisodiyot fakulteti binosida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Maslahat xonasi tashkil qilinib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Murojaatlarga tezkor javob berish uchun Aloqa markazi (Call sentr) o‘rnatilgan tartibda faoliyat koʻrsatmoqda.
Yangi 2023-2024 o‘quv yilida 76 ta bakalavriat (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlariga, 33 ta bakalavriatning sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga jami 3 ming nafardan ortiq abituriyent talaba sifatida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Bakalavriat (kunduzgi) ta’lim shaklida 28 ta yo‘nalish, sirtqi ta’lim shaklida 20 ta yo‘nalish, ta’limning magistratura bosqichida esa 4 ta mutaxassislik yangi ochildi.
Matbuot anjumanda ishtirok etayotgan OAV vakillari, blogerlar hamda talabalarning berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida 2023-2024 oʻquv yilida yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Ulashish