Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi


Urganch davlat universitetida so‘nggi yillarda juda katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.  Zero, sifatli taʼlimning asosi qulay shart-sharoit hisoblanadi. 

Bugun, 14-iyul kuni ana shunday bunyodkorlik ishlarining uzviy davomi boʻlgan zamonaviy Axborot-resurs markazini bunyod etishni maqsad qilgan marosim tashkil etildi. Ushbu marosimda universitet rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida rahbariyat aʼzolari va uzoq yillardan buyon universitetda faoliyat yuritib kelayotgan yoshi ulug' professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.  Tadbir ishtirokchilari qo'llarini duoga ochib, yangi ziyo maskani mustahkam bo'lishini,  talabalarimizga bilim ulashishda uzoq yillar xizmati qilishini so'radilar, bu borada quruvchilarga  kuch-quvvat tilab, ilk tamal toshini qo'ydilar.

Binoning qurilish maydoni 1830 m2 tashkil qilib, 5 qavatdan iborat ushbu majmuaning fasad qismi milliy arxitekturaviy ko‘rinishiga ega boʻladi. Yert to‘la qismi, asosan, adabiyotlarni saqlash xonasi, xo‘jalik xonasi va boshqa zaruriy xonalardan iborat boʻladi. Kutubxona binosining 1- qavatida 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali, universitet muzeyi boʻlishi rejalashtirilgan. Har bir qavatda 66 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv zali, kitoblar saqlash va konferensiya xonalari mavjud bo‘ladi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi kutubxona barpo etiladi

Ulashish