Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda


Bugun, 8-sentabr kuni UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.Shihovaning Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs ingliz, nemis, fransuz tili yoʻnalishlari talabalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda oliy ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirildi. Universitet oʻqituvchilari va talabalari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishlari lozimligi ta’kidlanib, oliygoh ostonasiga yangi qadam qoʻygan talabalar chuqur ilm egallashga, halol baho olishga chaqirildi.

Shuningdek, bugun Fizika -matematika fakultetida ham 1-bosqichga qabul qilingan fizika, matematika, KIDT(masofaviy) yo'nalishlari talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda fakultet dekani, dots. J.Xoʻjamov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dots. Sh.Nurullayeva, fakultet dekan maslahatchisi B.Jabbarova va tyutorlar talabalar bilan universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, kiyinish va muomala madaniyati borasida suhbat olib bordilar.

Fakultetda talabalar uchun  yaratilgan sharoitlar haqida gapirildi, darslardan soʻng yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun 17 yo'nalishda  tashkil etilgan to'garaklar haqida maʼlumot berildi. 

Xotin-qizlar maslahat kengashining "Qizlarjon","Orasta qizlar" klublariga sardorlar saylash  masalalariga ham to'xtalib o'tildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

Ulashish