Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urganch universitetining bir necha fakulteti yarim vayrona qurilish kollejiga ko‘chirildi” sarlavhali post yuzasidan


RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 18-sentabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch universitetining bir necha fakulteti yarim vayrona qurilish kollejiga ko‘chirildi”  sarlavhali post tarqaldi. Xabarda Urganch davlat universitetining bir necha yoʻnalishlari eski binoda oʻqish uchun koʻchirilgani keltirilgan.

Mazkur post yuzasidan Urganch davlat universiteti maʼmuriyati quyidagilarni bildiradi:

Soʻnggi yillarda barcha sohalar singari taʼlim sohasiga ham eʼtibor kun sayin ortib bormoqda. Buni keyingi olti yil ichida qabul kvotalarining keskin oshishida ham koʻrishimiz mumkin. Xususan, 2016-yilda Urganch davlat universitetida 6500 nafar talaba tahsil olgan edi. Hozirda esa 29246 nafarni tashkil etadi.

Jumladan, 2023/2024 oʻquv yilida Urganch davlat universitetiga yangi qabul qilingan, shuningdek, texnikumlarni bitkazuvchilari, ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinganlar, respublika davlat OTMlari,  xorijiy va nodavlat OTMlaridan oʻqishini koʻchirib kelgan talabalar hisobiga 5909 nafar yangi talabalar qo‘shildi. Qolaversa, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun qoʻshimcha qabul kvotalari ajratilgani sababli, Urganch davlat universitetiga joriy yilda 1053 nafar talabalar oʻqishga tavsiya etildi. Demak, hozirda universitetda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar jami 29246 nafarni tashkil etadi.

Bugungi kunda  Urganch davlat universitetida 7 ta oʻquv binosi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 9270 oʻrinni tashkil etadi. Dars jarayonlari 2 smenada olib borilishiga qaramay, qoʻshimcha 730 oʻringa extiyoj mavjud.  

Qolaversa, 2022/2023 oʻquv yilida Urganch davlat universitetining 11 ta pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va 7 ta pedagogik magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi hamda Urganch davlat universitetining 1880 o‘rinli 3 ta zamonaviy oʻquv binosi Urganch davlat pedagogika instituti tasarrufiga berildi.

Shu sababli extiyojdan kelib chiqib, Urganch shahar qurilish texnikumi oʻquv binosining boʻsh turgan qavatlari shartnoma asosida ijraga olindi va Pedagogika fakultetining ayrim yoʻnalishlari mazkur binoga koʻchirildi. Mazkur bino shaharning markazida joylashgan boʻlib, olis  tumanlardan kelib oʻqiydigan talabalarga qulay boʻlishi uchun ushbu texnikum binosi ijaraga olindi. Ayni paytda binoda texnikumning oʻquvchilari ham tahsil olib kelmoqda.

Hozirda  Urganch davlat universiteti tomonidan binodagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ulashish