Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" boshlandi


Bugun, 18-dekabr sanasidan boshlab Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning grafik asosida barcha fakultetlar talabalari bilan uchrashuvlari boshlandi. 

Dastlabki uchrashuv Fizika-matematika fakulteti 1-4 kurs talabalari bilan “Ogohlik - davr talabi” mavzusida bo’lib o’tdi. Unda rektor maslahatchisi R. Sharipov, birinchi prorektor D.Ibadullayev, fakultet dekani J.Xoʼjamov, dekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi. 

Samimiy va ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda rektor matematikaning vatani Xorazm diyori ekanligiga alohida urgʻu berib, talabalarni vohamizda yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, ulugʼ ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishga chaqirdi. Universitet Ichki tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilish, kiyinish madaniyati, salomlashish odobiga rioya qilish borasida toʻxtaldi. Darslarga oʻz vaqtida kelish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdi. Shuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida yashovchi talabalarni qishning sovuq kunlarida gaz va elektr qurilmalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga chaqirdi. 

Uchrashuv doirasida rektor maslahatchisi R.Sharipov tomonidan turli yot gʻoyalarga aldanmaslik, yon-atrofimizda boʻlayotgan vaziyatlarga befarq boʻlmaslik borasida tushuntirish olib borilib, talabalar ogohlikka chaqirildi.

Rektor bilan uchrashuvda talabalar oʼzlarining fikrlari, takliflari hamda qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Ulashish