Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matnazar Pirnazarov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o'tkazildi


Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida oʻtkazilgan ushbu xotira kechasini UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, ustoz Matnazar Pirnazarovni ezgu amallari, xayrli ishlarini xotirladi, ustozning sermahsul faoliyatiga to'xtaldi.

Xotira keachasida adabiyotshunos va tilshunos olimlar, Oʻzbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar, shuningdek, ustozning oila a'zolari, yaqinlari ishtirok etib, tadbir davomida Matnazar Pirnazarov hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma'ruzalar tinglandi.

Darhaqiqat, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matnazar Pirnazarov universitetda uzoq yillar faoliyat olib borgan, adabiyotshunoslik ilmiga munosib hissa qo'shgan, teran ma'ruzalari bilan shogirdlar qalbidan chuqur joy olgan yetuk olim hisoblanadi.

Anjuman avvalida dotsent Matnazar Pirnazarov hayoti va pedagogik faoliyati hamda ilmiy merosi aks etgan viderolik namoyish qilindi. Tabrik so'zi olgan ma'ruzachilar dotsent Matnazar Pirnazarovning oliy ta'lim yo'lida qo'shgan ulkan xizmatlari, insoniylik fazilatlari, ilmiy salohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.

Ulashish