Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi o‘qituvchisi Bobojonov.O “Tolni chet el navlarini introduksiya qilish” mavzusida ilmiy-nazariy seminari


Introduksiya (lotincha: introductio — joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli oʻsimliklar turlari va navlarini oʻz tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga koʻchirish (jalb etish). „Introduksiya“ tushunchasi 19-asrning 2-yarmidan buyon qoʻllanib kelinmoqda. Oʻsimliklar introduksiyasi nazariyasini shveysariyalik botanik Augustin Pyramus de Candolle 1855-yilda asoslab bergan. Nikolay Vavilov oʻzi yaratgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasi asosida 1920-yilda introduksiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Hozir deyarli barcha qitʼalarda yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi turli geografik oʻlkalardan tarqalgan, „koʻchirib keltirilgan“ oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda Amerikadan Yevropaga makkajoʻxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada Yevropadan keltirilgan olxoʻri, olma, nok, kashtan va boshqa oʻstirildi, Avstraliyada makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum, sitruslar paydo boʻldi.

Ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.

Ulashish