Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU TALABALARI — O‘ZBEKISTON CHEMPIONI!


Andijon shahrida yopiq inshootlarda kattalar hamda U-20 yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda.

Quvonarlisi, ushbu chempionatda Urganch davlat universitetining sportchi talabalari ham yuqori natijalar bilan faol ishtirok etmoqda. 
Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Xursandbek MamatsalaYev U-20 yoshlar o‘rtasida uch hatlab sakrash bahslarida barchani ortda qoldirib, Oltin medal sohibiga aylandi. U eng yaqin raqibini 1 metr 2 santimetr farq bilan ortda qoldirgani musobaqaning eng yorqin natijalaridan biri bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Sardor Adamboyev musobaqaning 60 metr masofaga yugurish finalida 7,05 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bu bilan saralash bosqichidagi natijasini (7,19) 0,14 soniya yaxshilashga ham erishdi. Shu tariqa Oltin medalni qoʻlga kiritdi hamda OʻZBEKISTON CHEMPIONI boʻldi.

G‘alaba bilan sportchilarimizni, ustoz-murabbiylarini va barcha universitetimiz jamoasini samimiy muborakbod etamiz! Yangi zafarlar tilaymiz!



 

 

Ulashish