Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 6-fevral kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi stajor - o‘qituvchisi Atasheva Gulshoda Madrimovnaning “Chet tili darslarida video ko‘rish orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada chet tili ta’limida autentik video materiallardan foydalanishning ahamiyati, xususan, videolar orqali tinglab tushunish, gapirish va lug‘at boyligini rivojlantirish imkoniyatlari batafsil yoritib berildi. Video materiallar talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, real nutq muhiti bilan tanishtirishi hamda tilni tabiiy kontekstda o‘zlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar  qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Ulashish