Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joyida kafedra mudirlari tomonidan uchrashuv tashkil qilindi.


 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d., prof. A.Primov hamda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n., dots. B.Rahimovalar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, belgilangan tadbirlar rejasi doirasida uchrashuv tashkil qildilar. 

Uchrashuv doirasida talabalarning yashash sharoitlari, tartib-intizom, tozalik va xavfsizlikka rioya qilish qoidalari o'rganildi. Shuningdek, davra suhbati tashkil qilinib, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ma’naviy-ma’rifiy ko'rik-tanlovlarga qatnashish lozimligi ta’kidlandi. Suhbat davomida talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. 

Ulashish