Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Alisher Navoiy merosi - millatimiz xazinasi", "Navoiy ijodi shaydosiman" mavzularida insholar tanlovi hamda "Eng yaxshi rasmlar" tanlovlari o'tkazildi


Joriy yilning 6-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetida buyuk mutafakkir, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag'ishlab "Alisher Navoiy merosi - millatimiz xazinasi", "Navoiy ijodi shaydosiman" mavzularida insholar tanlovi hamda "Eng yaxshi rasmlar" tanlovlari o'tkazildi. 

Mazkur tanlovlarda fakultet talabalari faol ishtirok etib, Alisher Navoiy merosiga bo'lgan chuqur hurmat va e'tiborlarini o'z ijodiy ishlari orqali namoyon etdilar. Tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda ajdodlar merosini asrab-avaylashga xizmat qildi. 

Tanlov ishtirokchilari va g'oliblari joriy yilning 9-fevral kuni bo'lib o'tadigan ilmiy-amaliy anjumanda taqdirlanadilar.

Ulashish