Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Turkiyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda


Ayni paytda Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Turkiya Respublikasining bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan muhokamalarda ishtirok etdi. 

Xususan, Istanbul Tijorat universiteti rektori, Prof. Dr. Necip Șimșek bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Istanbul universiteti prorektori, professor Nergiz Dağoğlu Sakin bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab Istanbul universiteti bilan hamkorlikda Urganch davlat universitetida Filologiya (turk tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish hamda talabalar uchun qishki va yozgi maktablarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish masalalari muhim ahamiyat kasb etdi.

Bosfor universiteti rektor yordamchisi, professor Fatih Usluer bilan o'tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xalqaro akademik almashinuv, yetakchi professorlarni UrDUga taklif etish, talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil etish, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, UrDU talabalarini Bosfor universitetida tahsil olishga qabul qilish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ulashish