Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Akademik halollik


Bugun, 17-fevral kuni Urganch davlat universitetida talabalarda huquqiy ong, mas’uliyat va akademik halollik madaniyatini mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Jumladan, Fizika-matematika fakultetining 1-bosqich Fizika hamda 1-bosqich Mexanika yo‘nalishi talabalari bilan, Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetining 2-kurs talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda  “Komplayns nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi O.Iskandarov ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda ochiqlik va halollik tamoyillarining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi. Shuningdek, akademik halollik talablari, ilmiy va o‘quv jarayonida unga qat’iy rioya etish zarurati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, universitetda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida joriy etilgan https://feedback.urdu.uz platformasi, undan foydalanish tartiblari va murojaat yuborish imkoniyatlari haqida ham talabalarga amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Ulashish