Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi


Bugun, 19-fevral kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Filologiya va san’at fakulteti talabalari ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok etib, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari hamda oldini olish mexanizmlari haqida atroflicha fikr bildirdi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida shaffoflikni ta’minlash, akademik halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ekani qayd etildi. 

Ulashish