Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Malakaviy imtihon


Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar o‘tkazildi

✅ Bugun, 26-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun Ingliz va Nemis tillari fanlaridan malakaviy imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihon jarayonlari maxsus tuzilgan komissiya a’zolari ishtirokida, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens nazorat” tizimi nazorati ostida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, jarayon belgilangan tartib-qoidalar, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda tasdiqlangan baholash mezonlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Mazkur malakaviy imtihonlar doktorant va izlanuvchilarning ilmiy faoliyatni mustaqil ravishda olib borish ko‘nikmalarini aniqlash, ularning xorijiy til bo‘yicha bilim va kompetensiyalarini baholashga qaratilgan.

Ulashish