Close
Skip to main content


Yangi O’zbekiston olimpiadasi


Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning Respublika final bosqichi tantanali ravishda ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, OTM rektorlari hamda respublikaning barcha hududlaridan kelgan talaba-sportchilar ishtirok etdi.

Ushbu olimpiadaga Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida Xorazm viloyat delegatsiyasidan 108 nafar sportchi talabalar keldilar. Ushbu talabalarning 106 nafari UrDU talabalari, 1 nafari UrDPI va 1 nafari UrDTI talabasi hisoblanadi.

Rektorimiz talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularni g’alaba sari ruhlantirdi. Musobaqalarda talabalarimizga ulkan zafarlar, yuksak natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!