Close
Skip to main content


YENGIL ATLETIKACHILARIMIZDAN YIRIK G‘ALABA!


5-6 iyun kunlari Toshkent shahrida o'tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Yengil atletika bo‘yicha final bahslarida Urganch davlat universiteti sportchi-talabalari yuqori natijalarni qayd etib, yana bir bor universitetimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, talabalarimiz:

 6 ta oltin medal
 5 ta kumush medal
1 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egalladilar!

 Adamboyev Sardorbek — 100 metr va 200 metr yugurish bahslarida g‘olib;
 Shuxratova Intizor — 100 metr va 200 metr yugurish bahslarida g‘olib;
 Sharifboyev Shodlik — yadro uloqtirish bahslarida 1-o‘rin;
 Nurmatova Nihoyat — yadro uloqtirish bahslarida 1-o‘rin;
 Yoqubov Sarvar — 800 metr yugurishda 2-o‘rin;
 Masharipova Ziyoda — 800 metr yugurishda 3-o‘rin;
 Qizlar estafeta jamoasi (4×100 metr) — 2-o‘rin.

G‘olib va sovrindor talabalarimizni hamda ularning murabbiylarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi bahslarda ham yangi zafarlar tilaymiz!