Urganch davlat universitetida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari uchun magistrlik dissertatsiyalari himoyalari qizgʻin pallaga kirdi.
Bugun, joriy yilning 12-iyun kuni universitetimizda bir yoʻla ikkita dolzarb magistratura mutaxassisligi talabalarining dissertatsiya himoyalari yuqori saviyada tashkil etildi. Unda hakamlar hayʼati aʼzolari va soha mutaxassislari ishtirokida jami 7 nafar magistrant oʻzlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
"70540101 – Matematika (Algebra va geometriya)" mutaxassisligi boʻyicha:
- IBRAGIMOVA KAMOLA OTABEK QIZI
- OTAXONOVA MOHIGUL JAVLONBEK QIZI
- MADAMINOVA GULRUH QADAMBOY QIZI
- ATANAZAROVA HILOLA AKBAR QIZI
"70540202 – Matematik injiniring" mutaxassisligi boʻyicha:
- AXMADJONOV MURODBEK UMIDBEK O‘G‘LI
- BOBOJONOV ISLOMBEK G‘APPARGAN O‘G‘LI
- PO‘LATOVA ZILOLA XABIBULLO QIZI
Himoya davomida magistrantlar tomonidan taqdim etilgan zamonaviy matematikaning fundamental yoʻnalishlari hamda ishlab chiqarish va amaliy muammolarga qaratilgan matematik modellashtirish masalalari kengash a'zolari tomonidan yuqori baholandi.
Universitet jamoasi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan barcha yosh olimlarni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan qutlaydi. Ularga kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida va professional hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaydi!"








