Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti Kengashining 11-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 11-majlisi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madrahimova raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Majlis avvalida O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga oid dolzarb jarayonlar yuzasidan siyosiy axborot tinglandi.

Shundan so'ng, yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi. Jumladan, 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo’yicha universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori hamda O’quv ishlari bo’yicha prorektorlari va tegishli bo'linmalarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, ilmiy markazlar nizomlari hamda "Yozgi maktab" dasturini tasdiqlash, universitet kafedralari kesimida so‘nggi uch o‘quv yili davomida shtatlar taqsimoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili, 2026-yilning birinchi yarmida universitetda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar holati atroflicha muhokama etildi. Barcha masalalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda rektor tomonidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, universitetning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgarishlar Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi.
 
Yig‘ilish yakunida turli masalalar muhokama qilinib, professor-o'qituvchilar OAK ilmiy unvonlariga tavsiya qilindi.