Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!


Bugun, 8-iyul kunidan boshlab Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etuvchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar rasman boshlandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8–17-iyul kunlari belgilangan grafik asosida davom etadi. Imtihonlar Cholg‘u ijrochiligi, Vokal san’ati, Rangtasvir, Amaliy san’at, Arxitektura hamda Sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

Imtihonlarni adolatli, ochiq va shaffof o'tkazishni ta‘minlash maqsadida onlayn kuzatuv yo'lga qo'yildi: live.urdu.uz

Shuningdek, Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi farzandlariga ruhiy dalda bo‘lish maqsadida ular bilan birga kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun Urganch davlat universitetida maxsus shinam va salqin kutish joylari tashkil etilgan.

Ota-onalar fanzandlarini imtihon topshirish jarayonlarini kutish joyida monitor orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishmoqda.