Close
Skip to main content


Rektor xalqaro yozgi maktab vakillari bilan uchrashdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xalqaro yozgi maktab doirasida xorijiy va respublika OTMlaridan UrDUga kelgan vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Rektor xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, talabalar almashinuvi dasturlari va xalqaro yozgi maktab oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samaralaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, universitetda xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Germanistika instituti professori Prof. Dr. Silvia Reuvekamp UrDUda ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, amaliy hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilganini yuqori baholab, universitet rektoriga o'z minnatdorligini bildirdi.