Close
Skip to main content


NamDU rektori Urganch davlat universitetida bo’ldi


Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Urganch davlat universitetida bo‘ldi. Mehmonni Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova samimiy kutib olib, universitetning zamonaviy  infratuzilmasi hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, rektorlar ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.