Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova raisligida ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash tizimining bugungi holati va yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda yoshlar bilan ishlash tizimiga mas’ul bo’lgan barcha rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, ularni TTJ joylashtirish jarayonini tashkil etish, 1-bosqich talabalariga tyutorlarni biriktirish, shuningdek, jarayonda tartib-intizom va xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, profilaktika inspektorlari, tyutorlar, psixologlar, yoshlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning oldida turgan vazifalar muhokama qilinib, talabalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, zarur ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlab o’tildi.









