Close
Skip to main content


Yagona vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz


2026-yil 7-sentyabr kuni Psixologiya va san’at fakultetining 1-bosqich Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida fakultet faxriy o'qituvchisi, dots J.Iskandarov tomonidan “Yagona vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” mavzusida Mustaqillik darsi tashkil etildi.
Dars davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining mamlakatimiz hayotidagi tarixiy va beqiyos ahamiyati, istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, xalqimizning birdamligi va yoshlarning mamlakat kelajagini bunyod etishdagi mas’uliyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalarga “Yagona vatan, yagona xalq” g‘oyasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, puxta bilim egallash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.